`Inklyuziv ta`lim: dialog, tahlil, tajriba` mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

ADAPTIV DARSLIKLAR YARATISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARI VA ULARNING AN’ANAVIY DARSLIKLARDAN AFZALLIKLARI

Mualliflar

Qurolov Durbek Nematjonovich, Tajimuratova Nafisa Murodbek qizi, Xamidova Ma’mura Danoboy qizi


Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy ta`lim tizimini raqamlashtirish jarayonida adaptiv darsliklarning o`rni va ularni loyihalashning didaktik tamoyillarini tahlil qilishga bag`ishlangan. Tadqiqotda barcha o`quvchilar uchun bir xil mazmunni taklif qiluvchi an`anaviy (statik) darsliklardan farqli o`laroq, o`quvchining bilim darajasi, qiziqishlari va o`zlashtirish tezligiga moslashuvchi `aqlli` darsliklarning afzalliklari yoritilgan. Maqolada adaptiv darslik yaratishning asosiy didaktik tamoyillari sifatida mazmunning modulliligi, chiziqli bo`lmagan tuzilma, interaktivlik va individual ta`lim trayektoriyasini shakllantirish tamoyillari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, adaptiv darsliklarning o`quvchilar faolligini oshirish, vaqtni tejash va o`zlashtirish samaradorligini monitoring qilishdagi ustunliklari qiyosiy tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:

Full Text PDF

DOWNLOAD PDF 11.01.2026