YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI: STRATEGIK ISLOHOTLAR VA AMALIY NATIJADORLIK
Mualliflar
Shoyo‘ldoshova Billura
Annotatsiya
Ushbu tezisda Yangi O`zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari, tizimli islohotlar va ularning amaliy natijalari tahlil qilingan. Ayniqsa, yoshlar salohiyatini ro`yobga chiqarishda mahalla, maktab va oliy ta`lim muassasalarining uzviy bog`liqligini ochib beradi. 2019–2024-yillar davomida ta`lim, madaniyat, sport va tadbirkorlik sohalarida amalga oshirilgan keng ko`lamli ishlar statistik ma`lumotlar asosida yoritilgan. Shuningdek, `Besh tashabbus olimpiadasi`, `Inklyuziv O`zbekiston` loyihalari va yoshlar bandligini ta`minlashga qaratilgan `Uychi tajribasi` kabi innovatsion yondashuvlarning jamiyat ijtimoiy barqarorligidagi o`rni asoslab berilgan. Shu bilan birga, yillarga berilayotgan ramziy nomlarning yoshlar siyosati izchilligini ta`minlashdagi ahamiyati ham alohida ko`rsatib o`tilgan.
Kalit soʻzlar:
yoshlar siyosati, besh tashabbus, oliy ta’lim qamrovi, raqamli iqtisodiyot, yoshlar bandligi, inklyuzivlik, intellektual salohiyat, ijtimoiy integratsiya.