OMMAVIY MADANIYAT TA’SIRIDA YOSHLAR QADRIYATLARINING TRANSFORMATSIYASI
Mualliflar
Shoyo‘ldoshova Billura
Annotatsiya
Tezisda ommaviy madaniyat fenomenining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda uning zamonaviy yoshlar dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va ijtimoiy xulq-atvoriga ko`rsatayotgan ta`siri tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli kommunikatsiya vositalari sharoitida ommaviy madaniyatning yoshlar hayotidagi o`rni, uning ijobiy imkoniyatlari va salbiy oqibatlari yoritiladi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlik faoliyati va raqamli kontent orqali yoshlarning madaniy identifikatsiyasi hamda ijtimoiy faolligi shakllanishi masalalari tahlil etiladi. Shuningdek, Yangi O`zbekiston sharoitida yoshlar siyosatini madaniy muvozanat asosida tashkil etish zarurati asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar:
ommaviy madaniyat, yoshlar, globallashuv, raqamli kommunikatsiya, ijtimoiy tarmoqlar, madaniy qadriyatlar, sotsiokulturaviy identifikatsiya, Yangi O‘zbekiston.