Annotatsiya
Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarida qo`llaniladigan asosiy protokollar, ularning funksional vazifalari hamda ma`lumot almashinuvi jarayonidagi o`rni tizimli ravishda yoritiladi. Protokollarning OSI modeli bo`yicha taqsimlanishi, tarmoqdagi qurilmalar o`rtasida ma`lumotlarni ishonchli va xavfsiz yetkazib berishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, TCP/IP, HTTP, HTTPS, FTP, DNS, DHCP va boshqa keng qo`llaniladigan protokollarning amaliy qo`llanilishi ham ko`rsatib beriladi.