`Globallashuv davrida raqamli iqtisodiyot, innovatsion tafakkur va ta`lim kompetensiyasi: global fuqarolik sari` mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya

INNOVATSION TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA ILG‘OR YONDASHUVLAR

Mualliflar

Komiljonov Akbarjon Iskandar o‘g‘li, Umarova M. A.


Annotatsiya
Ushbu maqolada innovatsion tafakkurni shakllantirishning zamonaviy va ilg`or yondashuvlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya jarayonlarining tezlashuvi sharoitida ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, moslashuvchanlik va yechimlarni tez topish kabi kompetensiyalarni rivojlantirish ta`lim hamda boshqaruv tizimlarining ustuvor yo`nalishiga aylanmoqda. Maqolada innovatsion fikrlashning nazariy asoslari, inson kapitalini rivojlantirishdagi roli, innovatsion muhit va ekotizimlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, STEAM-ta`lim, loyiha asosida o`qitish, akseleratsiya dasturlari, startap inkubatsiyalari va raqamli simulyatorlardan foydalanish kabi ilg`or metodlar samaradorligi o`rganilgan. O`zbekiston sharoitida innovatsion tafakkurni rivojlantirish bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan..
Kalit soʻzlar:
Innovatsion tafakkur, innovatsion yondashuvlar, kreativ fikrlash, raqamli kompetensiyalar, loyiha asosida o‘qitish, startap ekotizimi, innovatsion muhit, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, raqamli transformatsiya, inson kapitali, innovatsion faoliyat.