Annotatsiya
Globallashuv jarayonlari hayotimizning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Xususan, fan va ta`lim tizimidagi o`zgarishlar jamiyat rivojlanishiga, milliy qadriyatlar transformatsiyasiga [1](`transformatio `lotincha so`z bo`lib, `qayta o`zgarish`, `qayta hosil bo`lish` ma`nolarini anglatadi) va g`oyaviy tarbiya masalalariga ta`sir ko`rsatmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqalili turli madaniyatlar, bilimlar va g`oyalar orasidagi chegaralar yo`qolib bormoqda. Buning natijasida yoshlar dunyoqarashi shakllanishida, ularning milliy o`zlikni anglashi va g`oyaviy immunitetining mustahkamlanishida yangi vazifalarni olib kelmoqda. G`oyaviy tarbiya masalalari, ayniqsa, fan va ta`lim globallashuvi sharoitida alohida zaruriyatga aylanmoqda. Bunga sabab hozirgi davrda yoshlar ongiga ta`sir qiladigan axborot oqimi ancha kengaydi. Yoshlar internet orqali turli g`oyalar, qarashlar va mafkuralarning ta`sirida qolmoqdalar. Bu esa ta`lim muassasalari oldiga yangi, dolzarb maqsad va vazifalarni – talaba yoshlarni nafaqat bilimli qilib tarbiyalash, shuningdek ularni tanqidiy fikrlashga, axborotni saralab olishga va milliy qadriyatlar asosida to`g`ri qaror qabul qilishga o`rgatish vazifasini qo`ymoqda. Jonajon ona Vatanimiz O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlari ham aynan shu maqsadlardan kelib chiqqan. Zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda, o`zligimizni anglash, milliy g`oyamizni mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash hozirgi davrdagi oldimizda turgan eng zarur va manfaatli vazifalaridandir. Albatta, bu vazifani baajarish-davr talabidir.
Adabiyotlar roʻyxati
1. w.w.w.uz.wikipedia.org
2.Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston. 2023.- 416 bet.
3.w.w.w.uz.wikipedia.org
4.Toxtaxodjayeva va boshqalar. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi).-Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010. - 400 b.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 3-maydagi PF-5712-son “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.