`XXI asrda tibbiyot turizmi: barqaror modellar va so`nggi amaliyotlar` III Xalqaro ilmiy–amaliy konferensiya

YURAK TUG‘MA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARDA JARROHLIKDAN SO‘NG TRANZITOR BUYRAK SHIKASTLANISHINING RETROSPEKTIV TAHLILI

Mualliflar

Qodirova Aziza Maxkam qizi


Annotatsiya
Tadqiqotning dolzarbligi. So`nggi yillarda yurak tug`ma nuksuni bor bo`lgan bolalarda jarrohlik korrektsiyadan so`ng tranzitor (vaqtinchalik) buyrak shikastlanishi tez-tez uchraydigan muammo sifatida namoyon bo`lmoqda. Tranzitor buyrak shikastlanishi bemorlarning sog`lig`iga salbiy ta`sir ko`rsatishi, davolash jarayonini murakkablashtirishi va ularning tiklanish vaqtini uzaytirishi mumkin. Shu bilan birga, buyrak funksiyasidagi vaqtinchalik buzilishlar klinik jihatdan ko`pincha e`tiborsiz qoldiriladi, ammo ularni aniqlash va vaqtida monitoring qilish terapevtik natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar: