` Shaxsning professional rivojlanishi: ххi asr kompetensiyalarini rivojlantirishdagi global tendensiyalar` mavzusidagi VIII Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiya

AMALIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA LOYIHA ASOSIDA O`QITISHNING INNOVATSION IMKONIYATLARI

Mualliflar

Xusamiddinova Malika Mehriddinovna


Annotatsiya
Loyiha asosida o`qitish jarayonining metodologik qiymati uning talabaning bilish faoliyatini izlanish va tajriba asosida tashkil etish imkoniyatida namoyon bo`ladi. Mazkur yondashuv doirasida talaba o`quv jarayonining passiv ishtirokchisi emas, balki muammolarni aniqlovchi, ularni tahlil qiluvchi va yechimlarni ishlab chiquvchi faol subyekt sifatida shakllanadi. Loyiha faoliyati davomida axborotni tanlash, uni tizimlashtirish va muqobil variantlarni solishtirish kabi kognitiv operatsiyalar amalga oshiriladi, bu esa analitik fikrlash va qaror qabul qilish ko`nikmalarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu tariqa loyiha asosida o`qitish bilimlarni reproduktiv o`zlashtirishdan konstruktiv o`zlashtirishga o`tishni ta`minlovchi didaktik mexanizm sifatida namoyon bo`ladi.
Kalit soʻzlar: