`Zamonaviy pillachilik: barqaror rivojlanish va ilmiy yechimlar` mavzusidagi respulbika ilmiy amaliy konferensiya

MINTAQAVIY SUV-ENERGETIKA HAMKORLIGI: YASHIL TARAQQIYOT DOIRASIDA UMUMIY STRATEGIK YONDASHUV, RESURSLARNI TAQSIMLASH BO‘YICHA O‘ZARO BITIMLAR, MANFAATLAR MUVOZANATI VA BARQAROR SIYOSIY INSTITUTLAR

Mualliflar

Lazizbek Xamdamov Shuxrat o‘g‘li


Annotatsiya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda mintaqaviy suv-energetika diplomatiyasining zamonaviy yashil rivojlanish konsepsiyasi doirasidagi strategik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot transchegaraviy suv va energetika resurslaridan foydalanish jarayonida davlatlar o`rtasida muvofiqlashtirilgan siyosiy yondashuv, barqaror kelishuvlar va institutsional-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish masalalariga alohida e`tibor qaratadi. Maqolada suv-energetika almashinuvi, ko`p tomonlama diplomatiya, ekologik-energetik xavfsizlik va siyosiy legitimlik tushunchalari o`zaro uzviy bog`liqlikda tahlil qilinadi, shuningdek, mintaqaviy boshqaruv tizimi orqali manfaatlar muvozanatini ta`minlashning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot suv-energetika hamkorligini mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtiruvchi, resurslar bo`yicha kelib chiqishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarning oldini oluvchi hamda uzoq muddatli siyosiy barqarorlik va ekologik xavfsizlikni ta`minlaydigan strategik instrument sifatida baholaydi. Shu bilan birga, iqlim o`zgarishi, suv oqimlarining mavsumiy tebranishi, muzliklarning qisqarishi va energiya talabi ortishi kabi omillar mintaqaviy siyosiy muvozanatga ta`sir etuvchi muhim strategik faktor sifatida ko`rib chiqiladi, natijada maqola suv-energetika diplomatiyasi orqali barqaror rivojlanishning ilmiy-asoslangan yo`llarini ochib beradi.
Kalit soʻzlar:
Mintaqaviy suv-energetika diplomatiyasi, yashil rivojlanish, transchegaraviy suv resurslari, energetika resurslari, siyosiy kelishuvlar, barqaror boshqaruv, ekologik xavfsizlik, ko‘p tomonlama diplomatiya.