`Raqamlashtirish sharoitida zamonaviy didaktik modellardan foydalanish: fan, ta`lim va amaliyot integratsiyasi` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

DUNYODAGI ENG KATTA KITOB JAVONI: KONGRESS KUTUBXONASI SIRLARI

Mualliflar

Davlatmurodova Farangiz SHavkat qizi


Annotatsiya
Ushbu maqola dunyodagi eng katta kutubxona - Amerika Qo`shma Shtatlari Kongress kutubxonasining tarixi, bugungi holati va kelajakdagi rivojlanish yo`nalishlarini yoritadi. Maqolada kutubxonaning 1800-yilda tashkil topishi, 1814-yilda inglizlar tomonidan yoqib yuborilishi va Tomas Jeffersonning shaxsiy kutubxonasi hisobiga qayta tiklanishi haqida batafsil ma`lumot beriladi. Shuningdek, kutubxonaning 173 milliondan ortiq saqlash birligini o`z ichiga olgan kolleksiyasi, 532 milya uzunlikdagi javonlari va har yili 6 milliondan ortiq yangi material bilan to`ldirilishi tahlil qilinadi. Maqolada kutubxonaning zamonaviy raqamli transformatsiyasi, sun`iy qarish laboratoriyasi va BIBFRAME kabi innovatsion loyihalari ham o`rganiladi.
Kalit soʻzlar:
Kongress kutubxonasi, Tomas Jefferson, milliy arxiv, raqamli kutubxona, bibliografik nazorat.