KATTALAR TA’LIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH OMILLARI
Mualliflar
Tursunova Marjona Bektosh qizi
Annotatsiya
Mazkur tezisda kattalar ta`limi jarayonida zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan samarali foydalanish omillari tahlil qilingan. Andragogik yondashuv asosida o`quv jarayonini tashkil etishning nazariy jihatlari yoritilib, interfaol metodlar hamda raqamli ta`lim texnologiyalarining o`rni asoslab berilgan. Shuningdek, LMS platformalarining didaktik imkoniyatlari va ta`lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko`rsatib o`tilgan.
Kalit soʻzlar:
andragogika, kattalar ta’limi, zamonaviy texnologiyalar, LMS, kompetensiyaviy yondashuv, interfaol metodlar.