`Inson va raqamli agentlar hamkorligi. Ta`lim tizimi oldidagi chaqiriqlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

ALGORITMIK TAFAKKUR – DASTURLASH KOMPETENSIYASINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Mualliflar

Xayitova Dilovar Ismat qizi


Annotatsiya
Tezisda algoritmlash va dasturlash kompetensiyalarining nazariy asoslari hamda tarkibiy tuzilmasi yoritilgan. Algoritmik tafakkur muammoni tahlil qilish, ma`lumotlarni strukturalashtirish va yechimni formal ifodalash qobiliyati sifatida talqin etiladi. Dasturlash kompetensiyasi kognitiv, operatsion va ijodiy komponentlar birligida asoslangan. Kompetensiyaga yo`naltirilgan ta`lim hamda STEAM yondashuvi ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida izohlangan.
Kalit soʻzlar:
algoritmik tafakkur, dasturlash kompetensiyasi, kognitiv komponent, operatsion komponent, ijodiy komponent, STEAM, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim.