BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA EMOTSIONAL INTELLEKT ASOSIDA O‘QUV MOTIVATSIYASINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang`ich ta`lim o`quvchilarining o`quv motivatsiyasini oshirishda emotsional intellektning o`rni, ta`sir mexanizmlari va psixologik-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Motivatsiyaning shakllanishi o`qituvchining emotsional kompetensiyasi, o`quvchi bilan o`zaro munosabat sifati, sinfdagi emotsional muhit va ijobiy psixologik qo`llab-quvvatlash tizimi bilan chambarchas bog`liqligi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Xorijiy tadqiqotlarda qo`llaniladigan EI–motivatsiya modellarining (Goulman, Mayer–Salovey, Pekrunning Emotsional-o`quv modeli) afzalliklari tahlil qilinib, mahalliy ta`lim tajribasi bilan qiyosiy o`rganiladi. Tadqiqot natijasida boshlang`ich sinf o`quvchilari motivatsiyasini oshirishda qo`llanilishi mumkin bo`lgan emotsional-intellektual strategiyalar ishlab chiqildi.
Kalit soʻzlar:
emotsional intellekt, o‘quv motivatsiyasi, boshlang‘ich ta’lim, emotsional muhit, psixologik qo‘llab-quvvatlash, pedagogik kommunikatsiya.