`Inson va raqamli agentlar hamkorligi. Ta`lim tizimi oldidagi chaqiriqlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING ROLI

Mualliflar

Davronov Shakhbos Erkin, Qahhorov Siddiq Qahhorovich


Annotatsiya
Bugungi kunda raqamlashtirish va sun`iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta`lim tizimiga tubdan yangi talablar qo`ymoqda. Mehnat bozori esa an`anaviy akademik bilimlardan tashqari, yangi turdagi kompetentliklarni — tahliliy fikrlash, raqamli savodxonlik, moslashuvchanlik va texnologik hamkorlik qobiliyatlarini talab qilmoqda. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining 2023-yilgi ma`lumotlariga ko`ra, sun`iy intellekt va katta ma`lumotlar (big data) sohalari eng tez rivojlanayotgan kasbiy ko`nikmalar sifatida belgilangan.
Shu fonida oliy ta`lim muassasalari oldida talabalarni nafaqat nazariy bilim bilan, balki real kasbiy vazifalarni hal eta oladigan amaliy kompetentliklar bilan qurollantirish vazifasi ko`ndalang bo`lib turibdi. Aynan shu nuqtada sun`iy intellekt texnologiyalari — ta`limiy agent, adaptiv o`qitish tizimi va bilishni qo`llab-quvvatlovchi vosita sifatida — muhim pedagogik instrument bo`lib xizmat qila olishi ilmiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
kasbiy kompetentlik, sun'iy intellekt, oliy ta'lim, adaptiv o'qitish, generativ sun'iy intellekt, SI savodxonligi, ta'lim sifati.