SUN’IY INTELLEKT MODELLARI ASOSIDA KORXONALARNING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASH
Mualliflar
Shamsitdinova Xonzoda Mardonbek qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholashda sun`iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. An`anaviy moliyaviy ko`rsatkichlar asosida baholash usullarining cheklovlari o`rganilib, ularni mashinaviy o`rganish algoritmlari bilan integratsiyalashgan holda qo`llash taklif etiladi. Tadqiqotda moliyaviy indikatorlar asosida prognozlash modeli ishlab chiqilib, u strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo`llanilishi asoslab berilgan. Natijalar sun`iy intellekt asosidagi yondashuv korxonalarning risklarini oldindan aniqlash va barqarorligini oshirishda samarali vosita ekanini ko`rsatdi.
Kalit soʻzlar:
moliyaviy barqarorlik, machine learning, sun’iy intellekt, prognozlash, risk, likvidlik, rentabellik, kapitallashuv, strategik boshqaruv.