“QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA RESURS TEJAMKOR USULLARNING INNOVATSION MEXANIZMLARI”
Mualliflar
Mamasoliyev Jahongirbek To‘lqin o‘g‘li, Abdumalikov Aziz Elyor o‘g‘li, Odilova Umida Zokirjon qizi, Musurmonqulova Gulsanam Ummatqul qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda global oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning eng muhim sharti hisoblangan qishloq xo`jaligi yerlaridan oqilona foydalanish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida an`anaviy dehqonchilik uslublaridan raqamli ekotizimlarga o`tishning zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada Yer resurslarini boshqarishda GIS (geografik axborot tizimlari), datchiklar tarmog`i va sun`iy intellektga asoslangan monitoring tizimlarining o`rni alohida ko`rsatib o`tilgan. Shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalarni (tomchilatib sug`orish, aqlli o`g`itlash) joriy etish orqali yer unumdorligini saqlab qolish va mahsulot tannarxini kamaytirishning innovatsion mexanizmlari taklif etilgan. Maqola yakunida raqamlashtirish jarayonlarini milliy agrar sektorga adaptatsiya qilish bo`yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamli qishloq xo‘jaligi, GIS-texnologiyalar, yer resurslari, resurs tejamkorlik, innovatsion mexanizmlar, oziq-ovqat xavfsizligi, monitoring, agrar sektor.