`Ota-ona va maktab hamkorligi: farzand kamoloti uchun xalqaro tarbiya modellari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

FARZAND TARBIYASIDA XALQARO MODELLAR VA ULARNING MAZMUN-MOHIYATI

Mualliflar

Xolboy Ibraimov


Annotatsiya
Farzand tarbiyasi faqatgina oila yoki maktabning emas, balki ularning o`zaro hamkorligi asosida samarali tashkil etiladigan murakkab jarayondir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ota-ona va maktab hamkorligi farzandning har tomonlama kamol topishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Ota-ona va maktab hamkorligi deganda, bolaning taʼlim va tarbiya jarayonida ikki muhim ijtimoiy institut – oila va taʼlim muassasasining o`zaro muvofiq va maqsadli faoliyati tushuniladi. Bu hamkorlik bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uning intellektual, maʼnaviy, axloqiy va jismoniy rivojini taʼminlashga qaratilgan. Agar ota-ona va o`qituvchi o`rtasida o`zaro tushunish, ishonch va hamjihatlik mavjud bo`lsa, bu bolaning rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko`rsatadi. Aks holda, qarama-qarshi yondashuvlar bolada ikkilanish, ishonchsizlik va hatto tarbiyaviy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kalit soʻzlar: