ZAMONAVIY TAʼLIM SHAROITIDA OTA-ONA – OʻQUVCHI – OʻQITUVCHI ZANJIRINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy taʼlimning gibrid shakli (blended learning) sharoitida taʼlim jarayoni ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni optimallashtirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada masofaviy va anʼanaviy taʼlim muhiti kesishgan nuqtada `ota-ona – o`quvchi – o`qituvchi` zanjirining barqarorligini taʼminlovchi pedagogik va texnologik mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan gibrid taʼlimda ota-onaning o`rni passiv kuzatuvchidan faol `fasilitator` darajasiga ko`tarilishi zarurligi asoslab berilgan. Maqolada raqamli platformalar orqali muloqotni tizimlashtirish, o`quvchining mustaqil ishini monitoring qilish va o`qituvchining oila bilan qayta aloqasini raqamli drayverlar yordamida takomillashtirish bo`yicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar:
gibrid taʼlim, taʼlimiy zanjir, ota-ona ishtiroki, raqamli platformalar, fasilitatsiya, qayta aloqa, mustaqil taʼlim, EdTech mexanizmlari.