YAPON TARBIYA TAJRIBASIDAN BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FOYDALANISH: ILK TAJRIBALARI HAQIDA
Mualliflar
M.Quronov, M.Isaqova
Annotatsiya
Mazkur maqolada Yaponiya ta`lim tizimida shakllangan tarbiyaviy yondashuvlarning mazmuni, ularning o`ziga xos jihatlari hamda O`zbekiston boshlang`ich ta`lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda yapon maktablarida qo`llaniladigan jamoaviylik, mas`uliyat, mehnatsevarlik va ichki nazoratga asoslangan tarbiya tamoyillari o`rganilib, ularni milliy ta`lim tizimi sharoitida qo`llashning samarali yo`llari asoslab beriladi. Muallif tomonidan taklif etilgan bosqichma-bosqich integratsiya modeli orqali o`quvchilarda ijtimoiy xulq-atvor, mustaqillik va refleksiya ko`nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadiki, yapon tarbiya tajribasini moslashtirilgan holda joriy etish boshlang`ich sinf o`quvchilarining shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
Yaponiya ta’lim tizimi, tarbiya modeli, integratsiya, jamoaviylik, mas’uliyat, intizom, mehnatsevarlik, ichki nazorat, refleksiya, kompetensiyaviy yondashuv, ijtimoiy ko‘nikmalar