3-SINFDA “MEHNATSEVAR BOLA QANDAY BOʻLADI?” MAVZUSIDAGI MASHGʻULOTNI OʻTKAZISH METODLARI
Mualliflar
M.Quronov , O.Bazarov , M.Isaqova
Annotatsiya
Ushbu maqolada 3-sinf o`quvchilarida mehnatsevarlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan mashg`ulotni tashkil etishning samarali usullari yoritilgan. Mavzuni o`quvchilar yoshiga mos, hayotiy misollar, amaliy mashqlar, suhbat va refleksiya asosida olib borish yo`llari ko`rsatilgan. Shuningdek, yapon tarbiya metodikasining ayrim tamoyillarini milliy muhitga moslashtirgan holda modifikatsiya qilib qo`llash imkoniyatlari tavsiflangan. Maqolada mehnatsevarlikni nazariy tushuncha emas, balki kundalik xulq-atvorda namoyon bo`ladigan amaliy fazilat sifatida shakllantirish muhim ekani asoslangan.
Kalit soʻzlar:
mehnatsevarlik, amaliy xulq, refleksiya, yapon tarbiya metodikasi, boshlangʻich taʼlim.