Annotatsiya
Mazkur maqolada farzand kamolotida ota-ona va maktab hamkorligining ahamiyati, shuningdek, raqamli muhitda o`smirlar orasida agressiv xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Bugungi global raqamli jamiyatda internet va virtual muloqot vositalari o`smirlarning psixologik rivojiga sezilarli ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli, agressiv xulq profilaktikasida pedagogik va ijtimoiy mexanizmlarning uyg`unligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada Finlandiya, Yaponiya va Singapur ta`lim tizimlaridagi samarali hamkorlik modellari o`rganilib, ularning mahalliy ta`lim tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari muhokama qilinadi.