Annotatsiya
Maktab va oila o`rtasidagi muloqot hamda hamkorlik ta`lim jarayonining o`quvchi rivojiga ta`sirining uzluksizligini ta`minlovchi muhim omillardan biridir. Maktabda boshlangan ko`plab ta`limiy faoliyatlar o`quvchining oilasi va maktabdan tashqari ijtimoiy muhitida davom ettiriladi va yakunlanadi. Ayniqsa, zamonaviy ta`lim jarayonida ekologik madaniyat va ekologik tarbiyani shakllantirishda ham maktab va oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab rahbariyati ota-onalarning ta`lim jarayonidagi ishtirokini ta`minlash maqsadida ularni birlashtirib, maktab-oila hamkorlik tuzilmalarini shakllantirishga ko`maklashadi. Mazkur tadqiqotning maqsadi - maktab-oila hamkorlik tuzilmalarining shakllanish jarayonidan boshlab, hozirgi holati hamda amaliyotda uchraydigan muammoli jihatlarni tahlil qilishdan iborat.