`Ota-ona va maktab hamkorligi: farzand kamoloti uchun xalqaro tarbiya modellari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TARBIYA: XALQARO MODELLAR VA ULARNING O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMIDAGI TRANSFORMATSIYASI

Mualliflar

Dilshoda Jalilova


Annotatsiya
Mazkur maqolada globallashuv jarayonining kuchayib borishi sharoitida tarbiya tizimining mazmuni va shakllarida yuz berayotgan o`zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan, Finlandiya, Yaponiya va boshqa rivojlangan davlatlar tajribasida shakllangan zamonaviy tarbiya modellarining asosiy xususiyatlari ochib beriladi. Ushbu modellar orqali o`quvchilarda mustaqil fikrlash, ijtimoiy mas`uliyat, jamoaviylik va shaxsiy rivojlanish kompetensiyalarini shakllantirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, ularni O`zbekiston ta`lim tizimiga joriy etish jarayonidagi imkoniyatlar va muammolar tanqidiy tahlil qilinadi. Maqolada milliy qadriyatlar va xalqaro yondashuvlar uyg`unligiga asoslangan transformatsion model taklif etilib, tarbiya samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta`lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
globallashuv, tarbiya modeli, xalqaro tajriba, Finlandiya ta’limi, Yaponiya ta’limi, transformatsiya, milliy qadriyatlar, ijtimoiy kompetensiya, pedagogik yondashuv, ta’lim tizimi