`Ota-ona va maktab hamkorligi: farzand kamoloti uchun xalqaro tarbiya modellari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Mualliflar

Abdug‘aniyev Ozod Tursunboy o‘g‘li


Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda barkamol va yetuk shaxsni tarbiyalashning mazmun-mohiyati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda qadriyatga yo`naltirilgan ta`limning ilmiy-metodik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, talabaning jamiyatda kechayotgan voqea va jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, ijtimoiy-madaniy o`zgarishlarda faol qatnashuvini ta`minlash orqali uning qadriyatlarga oid madaniyatini boyitish masalalari ochib beriladi. Mazkur jarayonlar natijasida umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, professional kompetentligiga ega bo`lgan, jamiyat rivojiga hissa qo`sha oladigan mutaxassislarni tayyorlashning samarali yo`llari asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar:
umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyatlar, qadriyat, ma’naviyat, ijtimoiylashuv, ta’lim, yoshlar, volontyorlik, divergent fikrlash, islohot, tashabbuskorlik, kompetentlik, intellektual rivojlanish, motivatsiya, emotsional madaniyat, axloq, tarbiya, prognozlash, integratsiya.