BOLALAR TARBIYASIDA MAHALLA, MAKTAB VA OILA HAMKORLIGINING ZARURATI
Mualliflar
Atayeva Gulruh
Annotatsiya
Mazkur maqolada bolalar tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligining ijtimoiy-pedagogik zarurati ilmiy asosda tahlil qilingan. Tarbiyaviy jarayonning uzviyligi, tizimliligi va samaradorligini ta`minlashda uch ijtimoiy institutning integratsiyasi muhim omil sifatida yoritilgan. Shuningdek, hamkorlikning nazariy asoslari, funksional yo`nalishlari, tashkiliy mexanizmlari va kutilayotgan natijalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy ijtimoiy sharoitda bolalar tarbiyasini samarali tashkil etish uchun mahalla – maktab - oila modelining ahamiyati ochib beriladi hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit soʻzlar:
tarbiya, oila, maktab, mahalla, ijtimoiy institut, hamkorlik, uzviylik, pedagogik mexanizm, ijtimoiylashuv, ma’naviy tarbiya.