OʻQUVCHILARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar
Yoqubjonov A.F.
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o`rta taʼlim muassasalari o`quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat, fuqarolik masʼuliyati va harbiy burchni anglash ko`nikmalarini shakllantirish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, taʼlim va tarbiya uyg`unligi asosida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishning samarali yo`nalishlari, didaktik modellari va amaliy mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida mazkur jarayonni takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi, pedagogik imkoniyatlar, oʻquvchilar, taʼlim va tarbiya uygʻunligi, fuqarolik pozitsiyasi, milliy qadriyatlar, taʼlim texnologiyalari, chaqiruvga qadar tayyorgarlik.