RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ZAMONAVIY DIDAKTIK MODELLARDAN FOYDALANISHNING SHART-SHAROITLARI: XORIJ TAJRIBASI
Mualliflar
Ravshanov Surat Botir o‘g‘li
Annotatsiya
Mazkur maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta`lim tizimining rivojlanish tendensiyalari hamda raqamlashtirish jarayonlarining pedagogik faoliyatga ko`rsatayotgan kompleks ta`siri tizimli tahlil qilinadi. Xususan, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi natijasida o`qitishning mazmuni, shakllari va metodlarida yuz berayotgan sifat o`zgarishlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Shu bilan birga, zamonaviy didaktik modellarning konseptual asoslari, ularning ta`lim samaradorligini oshirishdagi o`rni hamda raqamli muhitda qo`llash imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada blended learning, flipped classroom, masofaviy ta`lim va kompetensiyaviy yondashuv kabi ilg`or didaktik modellarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, o`quvchilarning mustaqil ta`lim olish ko`nikmalarini shakllantirish, ta`lim jarayonini individuallashtirish hamda raqamli ta`lim resurslarini samarali integratsiyalash masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
Kalit soʻzlar:
raqamlashtirish, didaktik model, innovatsion ta’lim, raqamli pedagogika, aralash ta’lim (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), masofaviy ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli kompetensiya, ta’lim transformatsiyasi.