SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA RAQAMLI TA’LIMDA INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYALARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar
Abdiyev Shohruh Shukrullo o‘g‘li
Annotatsiya
Ushbu tezisda raqamli ta`lim muhitida sun`iy intellekt asosida individual ta`lim trayektoriyalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda talabaning bilim darajasi, topshiriqlarni bajarish tezligi, xatolar turi, mustaqil ishlash faolligi va o`zlashtirish dinamikasini raqamli ma`lumotlar asosida aniqlash masalasi yoritiladi. Shuningdek, adaptiv topshiriqlar, avtomatik baholash, tezkor fikr-mulohaza va o`qituvchi nazorati bilan uyg`unlashgan metodik yondashuvning ahamiyati asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, individual ta’lim trayektoriyasi, adaptiv ta’lim, avtomatik baholash, learning analytics, feedback, pedagogik metodika.