`Filologiya taraqqiyoti: innovatsiya, metodologiya va amaliy tadqiqotlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

BADIIY ASAR DINAMIKASINI BELGILASHDA SHAMOL DETALINING VAZIFASI

Mualliflar

Gafurova Dilobar G‘ayrataliyevna


Annotatsiya
Maqolada badiiy asar syujeti, voqealar oqimi, qahramon xarakterining tizimli rivojlanib borishi asardagi peyzaj tasviri, xususan, shamol harakatlari bilan parallel ravishda o`zgarishi o`rganilgan. Shamol detalining obrazlashuvi, dinamik tarzda o`sib borishi zamonaviy yozuvchi Isajon Sultonning bir qator asarlari misolida tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
: “Ozod” romani, shamol detali, ramziy detal, ahli ma’ni, dinamik o‘sish, parallel rivojlanish, badiiy asar kulminatsiyasi.