BOSHLANG‘ICH SINFLARDA YOZMA SAVODXONLIKINI OSHIRISH USULLARI
Mualliflar
Xolova Gulira’no Farxadovna, Egamova Shoxida Djalilovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang`ich sinflarda yozma savodxonlikni oshirishning samarali usullari, pedagogik yondashuvlari hamda zamonaviy ta`lim texnologiyalarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida diktant, bayon, matn bilan ishlash, didaktik o`yinlar va interfaol metodlarning o`quvchilar yozma nutqini rivojlantirishdagi o`rni yoritildi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, differensial yondashuv va kitobxonlik madaniyatining yozma savodxonlikni shakllantirishdagi ta`siri asoslab berildi. Tadqiqot natijalari boshlang`ich ta`limda innovatsion metodlardan foydalanish o`quvchilarning imlo savodxonligi, mustaqil fikrlashi va yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilishini ko`rsatdi.
Kalit soʻzlar:
yozma savodxonlik, boshlang‘ich ta’lim, interfaol metodlar, diktant, bayon, imlo savodxonligi, pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar, nutq kompetensiyasi.