BOYSUN CHO‘LBAIR TOG‘LARIDA O‘SIMLIKLARNING BALANDLIK MINTAQALARI BO‘YLAB TARQALISHINI O‘RGANISH
Mualliflar
Mardonov Sherzod Umaraliyevich, Abdirayimova Sabohat
Annotatsiya
Ushbu tezisda Boysun cho`lbairi tog`larida o`simliklarning balandlik mintaqalari bo`ylab tarqalish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hududning tabiiy-iqlimiy sharoiti, relyef xususiyatlari hamda ekologik omillarning o`simlik qoplamiga ta`siri o`rganilgan. Natijalar shuni ko`rsatadiki, balandlik ortishi bilan o`simlik turlarining tarkibi va zichligi o`zgaradi. Past hududlarda cho`l o`simliklari, o`rta mintaqalarda butazor va o`tloq o`simliklari, yuqori balandliklarda esa alp va subalp o`simliklari ustunlik qiladi. Tadqiqot hudud florasini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo`yicha muhim ilmiy xulosalar beradi.
Kalit soʻzlar:
balandlik mintaqalari, Boysun tog‘lari, flora, o‘simlik qoplami, cho‘l o‘simliklari, alp o‘tloqlari, ekologik omillar, biologik xilma-xillik, zonallik, tabiiy muhit.