ETNOESTETIK QADRIYATLARNI O‘RGATISHDA TA’LIM BOSQICHLARI UZVIYLIGI
Mualliflar
Erkinjonova Guljaxon Farxodjon qizi
Annotatsiya
Ushbu maqolada O`zbekistonda ta`limning uzluksiz tizimi doirasida etnoestetik madaniyatni shakllantirish masalasi kompleks tarzda ko`rib chiqiladi. Mualliflar maktabgacha, umumiy o`rta va oliy ta`lim bosqichlarida estetik tarbiya mazmuni, metodik yondashuvlar va mavjud muammolarni tahlil qiladi. Maktabgacha ta`limda xalq og`zaki ijodi va san`at orqali bolalarda estetik didni shakllantirish muhimligi ta`kidlanadi. Umumiy o`rta ta`limda esa `Tarbiya` fani, badiiy fanlar va tashabbus loyihalari orqali milliy qadriyatlarni singdirish yo`llari ko`rsatib beriladi. Oliy ta`lim bosqichida pedagog kadrlarning estetik kompetensiyasini oshirish va tarbiya uzviyligini ta`minlash mexanizmlari ilgari suriladi. Maqolada har bir bosqichga oid muammolar va ularning yechimlari asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xulosa sifatida, uzluksiz ta`limda etnoestetik madaniyatni samarali shakllantirish uchun yagona konseptual yondashuv va metodik uzviylik zarurligi asoslanadi.
Kalit soʻzlar:
etnoestetik madaniyat, estetik tarbiya, milliy qadriyatlar, uzluksiz ta’lim, metodik izchillik, pedagogik kompetensiya