MILLIY VA XALQARO TAJRIBALAR ASOSIDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Mualliflar
Feruza Ibragimova
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta`lim tizimida muhim pedagogik yo`nalishlardan biri hisoblangan SEL (Social – Emotional Learning) metodikalarining mazmun-mohiyati, ularni milliy tarbiya tizimiga integratsiya qilish masalalari hamda xalqaro tajribalar tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-emotsional ko`nikmalarni shakllantirishda uchrayotgan muammolar, ularning pedagogik va psixologik sabablari hamda amaliy yechimlari yoritilgan. Maqolada milliy qadriyatlar asosida yoshlarning emotsional barqarorligi, ijtimoiy moslashuvi va ma`naviy kamolotini rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
SEL, ijtimoiy-emotsional ta’lim, milliy tarbiya, emotsional intellekt, xalqaro tajriba, ma’naviy tarbiya, pedagogik texnologiyalar, empatiya, kommunikativ kompetensiya, yoshlar tarbiyasi.