Annotatsiya
Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan davrda yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma`naviy barkamol, hissiy jihatdan barqaror va ijtimoiy mas`uliyatli etib tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo ta`lim tizimida keng qo`llanayotgan SEL (Social–Emotional Learning) — ijtimoiy-emotsional o`qitish metodikalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu metodika o`quvchilarda hissiyotlarni boshqarish, samarali muloqot qilish, jamoada ishlash, muammolarni tinch yo`l bilan hal etish hamda mas`uliyatli qaror qabul qilish kabi hayotiy ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.