IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA’LIMNING O‘QUVCHILAR SHAXSIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI
Mualliflar
Karimov Komiljon Abdurahimovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy-emotsional ta`limning o`quvchilar shaxsiy rivojlanishidagi o`rni, uning pedagogik va psixologik asoslari, zamonaviy ta`lim tizimidagi ahamiyati hamda o`quvchilarning emotsional barqarorligi, kommunikativ kompetensiyasi va ijtimoiy moslashuviga ta`siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ijtimoiy-emotsional ta`limning o`quvchilarda empatiya, o`zini boshqarish, mas`uliyat, stressga bardoshlilik, jamoada ishlash va konfliktlarni tinch yo`l bilan hal qilish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, O`zbekiston ta`lim tizimida ijtimoiy-emotsional ta`limni joriy etishning dolzarbligi va istiqbollari ham ko`rib chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
Ijtimoiy-emotsional ta’lim, shaxsiy rivojlanish, emotsional intellekt, kommunikativ kompetensiya, empatiya, o‘zini boshqarish, psixologik rivojlanish, CASEL modeli, ijtimoiy moslashuv, ta’lim jarayoni, emotsional barqarorlik, o‘quvchi shaxsi.