`SEL metodikalari (Social–emotional learning) asosida milliy tarbiya tizimini rivojlantirish: xalqaro tajriba, muammo va yechimlar` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

SINGAPUR TA’LIM METODLARINING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI O‘RNI: XALQARO BENCHMARK VA GLOBAL TRANSFORMATSIYA PARADIGMASI

Mualliflar

Mamanazarova Oydiniso


Annotatsiya
Ushbu maqolada Singapur ta`lim tizimining zamonaviy global ta`lim landshaftidagi strategik o`rni tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot Singapur modelining asosiy ustunlari — meritoratik tanlov va ikki tillilik siyosatidan tortib, XXI asr kompetensiyalari (21CC) hamda sun`iy intellektga asoslangan ta`lim texnologiyalarigacha bo`lgan evolyutsion bosqichlarini qamrab oladi. Shuningdek, maqolada ushbu modelning O`zbekiston ta`lim islohotlari uchun amaliy ahamiyati, xususan, STEM yo`nalishidagi hamkorlik va pedagog kadrlar malakasini oshirish misolida yoritiladi. Xalqaro tadqiqotlar (PISA, TIMSS) va hukumat hujjatlariga tayangan holda, Singapur tajribasi `kamroq o`rgat, ko`proq o`rgan` falsafasidan tortib, inklyuziv va raqamli transformatsiyagacha bo`lgan yo`nalishlarda zamonaviy ta`lim uchun unikal benchmark modelini taqdim etadi.
Kalit soʻzlar:
Singapur ta’lim tizimi, PISA reytingi, XXI asr kompetensiyalari, STEM ta’limi, sun’iy intellekt va ta’lim, pedagogik ta’lim modellari, ta’lim transformatsiyasi, O‘zbekiston—Singapur hamkorligi.