`Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

HUDUDLARDA GEOTURIZM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Mualliflar

Tilovmurodov Dostonbek Furqat o‘g‘li


Annotatsiya
Bugungi kunda jahon turizm industriyasida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni saqlash va hududiy iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga qaratilgan turizm yo`nalishlari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, geoturizm zamonaviy turizmning innovatsion va barqaror shakllaridan biri sifatida rivojlanib bormoqda. Geoturizm nafaqat hududlarning geologik va geomorfologik obyektlarini turistik resurs sifatida foydalanishga xizmat qiladi, balki tabiiy merosni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni shakllantirish va mahalliy iqtisodiyotni faollashtirishda muhim omil hisoblanadi. Uzbekistan geologik landshaftlar, cho`l hududlari, tog` tizimlari, qadimiy tabiiy yodgorliklar va noyob geomorfologik obyektlarga boy bo`lishiga qaramasdan, geoturizm salohiyatidan foydalanish darajasi yetarli emas. Ayniqsa, turistik marshrutlar, ilmiy-ekskursion dasturlar va infratuzilma tizimlarining cheklanganligi mazkur yo`nalishning raqobatbardoshligini pasaytirmoqda.
Kalit soʻzlar:

Adabiyotlar roʻyxati
1. Buhalis, D., & Amaranggana, A. (2015). Smart tourism destinations enhancing tourism experience through personalization of services. Springer.
2. Cooper, C., Fletcher, J., Fyall, A., Gilbert, D., & Wanhill, S. (2008). Tourism: Principles and practice (4th ed.). Pearson Education.
3. Dowling, R. (2011). Geotourism’s global growth. Geoheritage, 3(1), 1–13.
4. Hall, C. M. (2008). Tourism planning: Policies, processes and relationships. Pearson Education.
5. Hose, T. A. (2012). 3G’s for modern geotourism. Geoheritage Journal, 4(1), 7–24.
6. Newsome, D., & Dowling, R. (2010). Geotourism: The tourism of geology and landscape. Goodfellow Publishers.
7. Weaver, D. (2006). Sustainable tourism: Theory and practice. Elsevier.