`Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

OʻZBEKISTONDA XORIJIY TURISTLAR OQIMINING DINAMIK TAHLILI VA TURIZM SEKTORINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY JIHATLARI

Mualliflar

Umarova Mahliyo Yaxshiboy qizi


Annotatsiya
Mazkur tezisda O`zbekistonda xorijiy turistlar oqimining so`nggi yillardagi dinamikasi tahlil qilinib, turizm sektorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda 2016–2025 yillar davomida mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar sonidagi o`zgarishlar statistik ma`lumotlar asosida baholanib, turizm sohasidagi institutsional islohotlar, vizaviy liberallashtirish, infratuzilma modernizatsiyasi hamda pandemiyaning ta`siri tahlil qilingan. Shuningdek, turizm xizmatlari bozorida talab va taklif dinamikasi, xizmatlar diversifikatsiyasi hamda sohaning barqaror rivojlanishiga ta`sir etuvchi tashkiliy-iqtisodiy omillar ko`rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida O`zbekistonda turizm sektorining raqobatbardoshligini oshirish va xorijiy turistlar oqimini yanada ko`paytirish bo`yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.
Kalit soʻzlar:
xorijiy turistlar oqimi, turizm sektori, turizm infratuzilmasi, talab va taklif dinamikasi, xizmatlar diversifikatsiyasi, tashkiliy-iqtisodiy rivojlanish, turizm raqobatbardoshligi.