Annotatsiya
O`zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg`or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan, alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida ham mehnat munosabatlari va ko`rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo`lmoqda. Hozirgi o`ta globallashgan zamonda kadrlarning noto`g`ri tanlanishi o`z navbatida ta`lim muassasalri uchun ko`p yo`qotishlarga sabab bo`ladi. Ta`lim muassasasi rahbari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi mutaxassisning kadrlarni tanlashda e`tiborga olishi muhim bo`lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma`noda, kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli mamlakatlarida amaliyotda qo`llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan alohida ta`lim ehtiyoji bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalarida foydalanish yo`nalishlarini o`rganish dolzarb masala bo`lib qolmoqda.
Adabiyotlar roʻyxati
1. Архангельский С.И., Михеев В.И., Перельцвайч Ю.М. Вопросы измерения, анализ и оценки результатов практики педагогических исследований. М.: Знание, 1975.
2. Беликов В.А., Савинков В.А. Образование. Проблемно ориентированный анализ на основе деятельностного подхода: Монография. - Магнитогорск: МаГУ, 2004.
3. Как создать управляющий школы: учебно-методические материалы / под. ред.: Моисеева А. М. – М.: Вердана, 2007 6. Панасюк В.П., Головичер Г.В. Информационно-методическое обеспечение управления качеством образования на муниципальном уровне. СПб., 2007.
4. Никокошева Н.Г. Некоторые подходы к определению понятия качества образования // Педагогическое образование 2008 №2, с.27-34
5. Ш.Курбанов, Э. Сейтхалилов. Управление качеством образования. Т.: «Шарк», 2004.
6. М.Мирқосимов. Мактабни бошқаришнинг назарий ва педагогик асослари. Тошкент. Ўқитувчи, 1995