NAFS TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHDA HISSIY-EMOTSIONAL TA’LIMNING AHAMIYATI
Mualliflar
Rahmonova Nazokat Tairovna
Annotatsiya
Mazkur maqolada nafs tarbiyasini amalga oshirishda hissiy-emotsional ta`limning pedagogik va psixologik аҳамияти ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Nafs tarbiyasining shaxs ma`naviy kamoloti, axloqiy barqarorligi va o`zini boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o`rni yoritilgan. Shuningdek, hissiy-emotsional ta`limning talabalarda reflektiv fikrlash, empatiya, hissiy nazorat va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. O`zbekiston Respublikasining ta`lim siyosati, `Ta`lim to`g`risida`gi Qonun, `Kadrlar tayyorlash milliy dasturi` hamda UNESCO ta`lim konsepsiyalari asosida nafs tarbiyasining zamonaviy pedagogik mazmuni ochib berilgan. Maqolada hissiy-emotsional ta`limning oliy pedagogik ta`lim tizimida ma`naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan.
Kalit soʻzlar:
nafs tarbiyasi, hissiy-emotsional ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya, hissiy intellekt, o‘zini boshqarish, reflektiv fikrlash, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik ta’lim, empatiya, shaxs kamoloti, UNESCO konsepsiyasi, axloqiy barqarorlik.