ZAMONAVIY FILOLOGIYADA INTERDISIPLINAR YONDASHUVLAR (LINGVISTIKA, PSIXOLOGIYA, MADANIYAT)
Mualliflar
Xaratova Shaxlo Xakimovna, Jumaboyeva Odila
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy filologiyada interdisiplinar yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari hamda ularning lingvistika, psixologiya va madaniyatshunoslik bilan o`zaro integratsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda til hodisalarini faqat strukturaviy yoki grammatik doirada emas, balki inson tafakkuri, psixik jarayonlar va madaniy kontekst bilan uzviy bog`liq holda o`rganish zaruriyati asoslab beriladi. Kognitiv lingvistika, psixolingvistika, lingvokulturologiya, diskurs tahlili va pragmatik yondashuvlar zamonaviy filologik izlanishlarning muhim yo`nalishlari sifatida yoritiladi. Shuningdek, til va tafakkur munosabati, nutq jarayonida psixologik omillarning roli hamda madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonida tilning funksional xususiyatlari ochib beriladi.
Kalit soʻzlar:
interdisiplinar yondashuv, lingvistika, psixologiya, madaniyatshunoslik, diskurs tahlili, pragmatika, madaniyatlararo kommunikatsiya.