TA’LIM JARAYONIDA SOTSIOMETRIK YONDASHUV ORQALI O‘QUVCHILARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Mualliflar
Tojiboyeva X.M
Annotatsiya
Mazkur maqolada ta`lim jarayonida sotsiometrik yondashuv asosida o`quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirish mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etiladi. Unda sotsiometrik diagnostika, ijtimoiy hamkorlikni tashkil etish, kommunikativ-intellektual faollikni rivojlantirish, motivatsion qo`llab-quvvatlash hamda refleksiv-analitik yondashuvlarning o`quvchilar intellektual rivojiga ta`siri asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada sotsiometrik yondashuvning pedagogik imkoniyatlari ochib berilib, u orqali ta`lim samaradorligini oshirish, o`quvchilarda tanqidiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish yo`llari ko`rsatib o`tilgan. Tadqiqot natijalari sotsiometrik yondashuvni ta`lim amaliyotiga joriy etish o`quvchilarning ijtimoiy faolligi va intellektual rivojlanishini ta`minlashda muhim omil ekanligini ko`rsatadi.
Kalit soʻzlar:
sotsiometrik yondashuv, intellektual salohiyat, o‘quvchi shaxsi, sotsiometrik diagnostika, ijtimoiy hamkorlik, kommunikativ faollik, refleksiya, metakognitiv ko‘nikmalar, ta’lim jarayoni, pedagogik mexanizmlar