`Muqobil turizm: zamonaviy tendensiyalar va kelajak istiqbollari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

QO‘QON SHAHRI MUHITIDA MUQOBIL TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TARIXIY-MADANIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI

Mualliflar

M. I. Nurmatova


Annotatsiya
Ushbu maqolada Qo`qon shahri muhitida muqobil turizmni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Qo`qonning tarixiy-me`moriy obidalari, hunarmandchilik an`analari, adabiy merosi, ziyorat maskanlari va mahalliy hayot tarzi muqobil turizm uchun muhim resurs sifatida baholanadi. Maqolada ommaviy turizmdan farqli ravishda mahalliy aholi manfaatlari, madaniy merosni saqlash, sayyohlik xizmatlarini diversifikatsiya qilish va barqaror rivojlanishga asoslangan turizm shakllarini rivojlantirish zarurligi asoslab beriladi.
Kalit soʻzlar:
Qo‘qon, muqobil turizm, madaniy turizm, hunarmandchilik turizmi, event turizm, ziyorat turizmi, barqaror turizm, tarixiy meros.