`Zamonaviy kasblarga yoshlarni tayyorlashda xorijiy tillar va raqamli texnologiyalar asosiy omil sifatida` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

ONLAYN RAQAMLI TRENAJYORLAR YORDAMIDA MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL MUAMMOSIGA DOIR ADABIYOTLAR SHARHI

Mualliflar

A.U. Sarimsakov


Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta`lim tizimida talabalarning mustaqil o`quv-biluv faoliyatini tashkil etishda onlayn raqamli trenajyorlardan foydalanish muammosiga doir mahalliy va xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhi (Literature Review) tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli pedagogika, masofaviy ta`lim, virtual simulyatorlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan xorijiy, MDH va o`zbekistonlik yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy o`rganilgan. Adabiyotlar tahlili asosida an`anaviy mustaqil topshiriqlarning cheklovlari ko`rsatib o`tilib, talabalarda amaliy ko`nikmalarni (hard skills) shakllantirishda onlayn trenajyorlarning didaktik roli asoslangan. Shuningdek, mavzu doirasida o`rganilmagan ilmiy bo`shliqlar (research gaps) aniqlanib, kelgusi tadqiqotlar uchun uslubiy yo`nalishlar belgilangan.
Kalit soʻzlar:
onlayn raqamli trenajyor, mustaqil ta’lim, raqamli pedagogika, virtual simulyator, ta’limda AKT, ilmiy bo‘shliq, kredit-modul tizim.

Full Text PDF

DOWNLOAD PDF 09.06.2026