Annotatsiya
Pedagogik texnika ta`lim jarayonida muhim rol o`ynaydi. Zamonaviy ta`lim jarayonida samaradorlikni oshirish va ta`lim sifatini yaxshilash uchun pedagogik texnika keng qo`llaniladi. Bu tushuncha ta`limning turli aspektlarini qamrab oladi va o`qituvchi hamda o`quvchilarning o`zaro munosabatlaridan tortib, o`quv materiallarini yetkazish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishgacha bo`lgan keng doirani o`z ichiga oladi. Mazkur referat pedagogik texnikaning mohiyati, komponentlari, afzalliklari va turlari haqida batafsil ma`lumot beradi.