KUB TENGLAMA ILDIZLARINING JOYLASHISH MASALASINI YECHISHDA VIZUAL TAFAKKURNING KOGNITIV MEXANIZMI
Mualliflar
Turgunbayev Riskeldi Musamatovich, Abdiyeva Shoira Shukurovna
Annotatsiya
Ushbu maqolada vizual tafakkurning kognitiv mexanizmi bosqichlari asosida ketma-ket ishlashi kub tenglama ildizlarining joylashish masalasini o`rganishdagi ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqotda vizual tafakkurning besh bosqichi modeli ya`ni tasavvur qilish va chizish, aloqa o`rnatish, farazni ilgari surish, farazni asoslash hamda izohlash va umumlashtirish jarayonlari asosida masala yechish metodikasi ishlab chiqilgan. Kub funksiya grafigi va uning hosilasi yordamida tenglama ildizlarining joylashishi tahlil qilinib, yagona musbat ildiz mavjud bo`lish shartlari vizual-obrazli yondashuv orqali asoslab berilgan. Natijada vizual tafakkur nafaqat tushunishni chuqurlashtirishi, balki matematik xulosalarni shakllantirishda samarali vosita ekanligi ko`rsatilgan.
Kalit soʻzlar:
Vizual tafakkurning kognitiv mexanizmi, kub tenglama, kub funksiya, ekstremum qiymatlari.