GEOPARKLAR VA ULARNING TURISTIK YO‘NALISHLARNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Mualliflar
Xaydarov Safarboy Abdirashitovich, Maxammatova Chexroz Alijonovna, G’aniyeva Munisa Faxriddin qizi
Annotatsiya
Mazkur maqolada geoparklarning mohiyati, ularning tabiiy merosni asrash, geologik obyektlarni muhofaza qilish va turistik yo`nalishlarni shakllantirishdagi o`rni tahlil qilinadi. Geoparklar nafaqat noyob geologik hudud sifatida, balki ilmiy, ekologik, madaniy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lgan majmua sifatida qaraladi. Maqolada geoparklarning hududiy turizmni rivojlantirish, yangi marshrutlar yaratish va sayyohlar oqimini ko`paytirishdagi imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, geoparklar orqali mahalliy aholi bandligini oshirish, xizmat ko`rsatish sohasini kengaytirish va hududlarning investitsion jozibadorligini kuchaytirish masalalari yoritiladi. Geoparklar barqaror turizmning muhim elementi sifatida baholanadi. Ularning turizm industriyasidagi roli ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Bugungi kunda turizm sohasida innovatsion va ekologik yo`naltirilgan yondashuvlarning kuchayishi geoparklarga bo`lgan qiziqishni oshirmoqda. Chunki geoparklar sayyohlarga oddiy dam olishdan tashqari, yer tarixi, tabiat jarayonlari va hududning tabiiy xususiyatlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Shu sababli ular geologik turizm, ekologik turizm va ma`rifiy turizmning kesishgan nuqtasida turadi. Maqolada geoparklarning turistik brend yaratish, hududiy infratuzilmani rivojlantirish va milliy turizm salohiyatini oshirishdagi istiqbollari ko`rsatib beriladi. Ayniqsa, tabiiy landshaftlarga boy hududlarda geoparklar tashkil etish orqali zamonaviy turistik yo`nalishlarni kengaytirish mumkinligi asoslanadi. Natijada geoparklar kelajak turizmining istiqbolli yo`nalishlaridan biri sifatida baholanadi.
Kalit soʻzlar:
Geopark, geoturizm, turistik yo‘nalish, geologik meros, tabiiy resurs, barqaror turizm.