TURISTIK RESURSLARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Mualliflar
Astanakulov Olim Tashtemirovich
Annotatsiya
Turizm jahon iqtisodiyotida eng muhim sohalardan biri bo`lib, mamlakatlarning iqtisodiy o`sishi va rivojlanishiga hissa qo`shadi. Bundan tashqari, mamlakatdagi turizmning rivojlanishi investitsiyalar hajmi, infratuzilma va xizmatlar sohasini yaxshilaydi. Mehmondo`stlik sanoati yildan yilga dunyo iqtisodiyotiga muhim hissa qo`shib, ish o`rinlarini ta`minlaydi. Shu sababli ko`plab davlatlar turizmni rivojlantirish uchun katta sa`y-harakatlarni amalga oshiradilar. Hozirgi kunda O`zbekistonda ushbu sohani yaxshilashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shuning uchun turizmni boshqarish tendensiyalarini o`rganish va istiqbolli yo`nalishlarni aniqlash muhimdir. Ushbu maqolada jahon iqtisodiyotida turistik resurslarni boshqarish tendensiyalari, shuningdek, ularni O`zbekistonda amalga oshirish usullari o`rganilgan.
Kalit soʻzlar:
turizm, mehmondo‘stlik sanoati, xizmatlar sohasi, turistik resurslar, barqaror turizm, raqamlashtirish, texnologiya, innovatsiyalar, tur, turist, mehmonxona, joylashish vositasi, turoperator.