PANJARADAGI ZARRACHA KOORDINATASI VA ENERGIYASINING TAQSIMOTLARI
Mualliflar
Eshniyozov A.I., Jangibayev I.U.
Annotatsiya
Ushbu maqolada panjara maydonida harakatlanayotgan zarrachaning koordinatasi va energiya taqsimoti qonuniyatlari nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Izlanish davomida kvant va statistik mexanika usullaridan foydalanib, zarrachaning panjara tugunlarida bo`lish ehtimolligi va uning energetik spektri tahlil qilingan. Tizimning harorati va panjara potensiali zarracha holatiga ko`rsatadigan taʼsiri matematik modellar yordamida ko`rsatilgan. Olingan natijalar qattiq jismlar fizikasi va yarimo`tkazgichlar nazariyasida statsionar holatlarni prognozlashda muhim ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar:
panjara, zarracha koordinatasi, energiya taqsimoti, ehtimollik zichligi, kvant holatlari.