`Sharq filologiyasining dolzarb muammolari` mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

TINGLAB TUSHUNISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH STRATEGIYALARI

Mualliflar

G‘ofurova Mehriniso Muqimovna


Annotatsiya
Maqolada chet tilidagi nutqni tinlab tushunish jarayonini qiyinlashtiradigan asosiy omillar – fonetik, leksik, grammatik, psixologik, kognitiv, shuningdek, akustik va texnik to`siqlar har tomonlama tahlil qilinadi. Nutqni eshitib idrok etishning lingvistik va nolingvistik omillar o`zaro bog`liq holda namoyon bo`lishini ko`rsatib, ingliz tilini o`qitish amaliyotida fonetik, leksik va grammatik qiyinchiliklarni kamaytirishga xizmat qiluvchi integratsiyalashgan mashqlar tizimini qo`llash imkoniyatlarini yoritadi. Shuningdek ishchi xotira, axborotni qayta ishlash tezligi, hissiy holatlar va o`quvchining ichki «sozlamalari» (ruhiy tayyorgarligi)ning chet tilidagi eshitilgan nutqni toʼliq anglashga taʼsiri ko`rsatiladi. Pedagogik tajriba-sinov natijalari esa kompleks mashqlar majmuasi qo`llanilgan guruhlarda eshitib tushunish qobiliyatining ijobiy dinamika bilan rivojlanganini tasdiqlaydi.
Kalit soʻzlar:
tinlab tushunish, auditiv qabul, fonetik qiyinchiliklar, leksik kompetentsiya, grammatik kompetentsiya, psixologik to‘siqlar, kognitiv jarayonlar, ishchi xotira, fon shovqini, multimodal qabul.